Mualliflar uchun ko'rsatmalar
OʻZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI IMOM MOTURIDIY XALQARO ILMIY TADQIQOT MARKAZINING “MOTURIDIYLIK” MAʼNAVIY-MAʼRIFIY, ILMIY-ADABIY JURNALIGA MAQOLA RASMIYLASHTIRISH HAQIDA
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining “Moturidiylik” nomli ilmiy jurnali mahalliy va xorijlik olimlar, mutaxassislar va izlanuvchilarning maqolalarini qabul qiladi.
Maqolalar Moturidiylik taʼlimoti, aqida va kalom masalalari, islom falsafasi, Moturidiylikning tarixi va buguni, aqidaviy taʼlimotlar va oqimlar, ulardagi qarashlar kabi yoʻnalishlarda topshiriladi. Maqola oʻzbek, ingliz, arab, turk, rus kabi tillarda boʻlishi mumkin.
MUALLIFLAR VA MAQOLALARGA QOʻYILGAN TALABLAR
“Moturidiylik” jurnaliga maqolalar quyidagi talablar asosida qabul qilinadi:
Maqola nomi oʻzbek, rus, ingliz tillarida; tadqiqot maqsadi, metodologiyasi va natijalarini oʻz ichiga olgan annotatsiya (250-350 soʻzdan iborat), tayanch iboralar (8-10 ta) va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati (kamida 25 ta) berilgan boʻlishi, asosiy matn hajmi 15 sahifadan kam boʻlmasligi kerak; Maqolaning kirish qismida tadqiqot maqsadi va muammosini aniq ifoda qilish lozim. Maqola kirish, uslublar, natija, muhokama, tahlil va xulosadan iborat boʻlishi kerak. Maqola nazariy-uslubiy jihatdan puxta, ishonchli manbalar, asosli xulosalar va tavsiyalarga boy, nashr xususiyatidan kelib chiqqan holda ilmiy-tahliliy boʻlishi lozim; Maqolalar Word dasturida, “Times New Roman” shriftida, 14 shrift oʻlchamida, 1,5 intervalda, bosma va elektron shakli bilan qabul qilinadi; Maqolaga muallif ism-sharifi toʻliq lotinchada, ish joyi, manzili, lavozimi, ilmiy darajasi, unvoni ingliz tilida, muallif e-maili, telefon raqami haqidagi maʼlumotlar ilova qilinishi shart;
Masalan: Islom Haydarov. INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN, doctor of philosophy PhD, docent of the UNESCO chair on religious studiyes and the comparative study of world religions. islom_haydarov@iiau.uz 11, A.Kadiri, Tashkent, 100011, Uzbekistan. Tel: (97) 737-55-00 mobil. 71-244-35-77. Maqolaning ilmiy apparati maqola ichida, iqtibos keltirilgan joyda quyidagicha berilishi lozim; Masalan: (Islomov Z., 2019:8) tarzida. Maqola soʻngida foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati (kamida 25 ta mahalliy, kamida 6 ta chet el) lotin alifbosida alifbo tartibida quyidagi tarzda berilishi zarur:
- muallif va asar nomi;
- asar chop etilgan shahar va nashriyot;
- nashr etilgan yili.
Masalan: Abdullayeva, Moxira (2018) “APPROACHES FOR STUDYING RELIGIOUS PROCESS IN CYBERSPACE,” The Light of Islam: Vol. 2018 : Iss. 1 , Article 13. Islomov, Zohidjon (2019) “THE ROLE OF THE INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN IN THE DEVELOPMENT OF ISLAMIC STUDIES,” The Light of Islam: Vol. 2019 : Iss. 1 , Article 1.